Jami 120 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etgan musobaqada g‘oliblar munosib rag‘batlantirildi

20

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismlarining birida mini futbol sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Unda 12 ta jamoa 10 nafardan ishtirokchi, jami 120 ta harbiy xizmatchi qatnashib, g‘oliblik uchun kurash olib bordi. O‘yin davomida har bir sportchi o‘z mahoratini namoyish etgan holda, musobaqaning qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lishini ta’minladi.

Bellashuvda jamoalar orasidan eng kuchli o‘yin ko‘rsatgan tarkib muvaffaqiyatga erishdi.

Shuningdek,  “Eng yaxshi o‘yinchi” , “Eng yaxshi himoyachi” va “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyalarida ham g‘oliblar aniqlanib, munosib rag‘batlantirildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati