Harbiylar va yoshlar ishtirokida “Konstitutsiya – mening taqdirimda”  mavzusida tadbir o‘tkazildi

25

Konstitutsiya erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. Bu yil Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining 27 yilligini keng nishonlaymiz. Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida ushbu sanaga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Toshkent shahrida joylashgan Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism tomonidan Yunusobod tumanidagi 288-sonli umumta’lim maktabida “Konstitutsiya – mening taqdirimda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Konstitutsiyaning hayotimizda tutgan o‘rni, uning mazmun-mohiyati hamda o‘tkazilayotgan tadbirning maqsadi xususida so‘z yuritildi. Vatan posbonlari tomonidan bosh qomusimizni madh etuvchi she’rlar o‘qib berildi.

O‘quvchi yoshlar ham o‘z huquqiy savodxonliklarini yig‘ilganlarga namoyish qildilar.

Albatta, o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar Konstitutsiyamizning chin ma’nodagi hayot qomusi va mustahkam huquqiy poydevori ekanini yosh avlodga singdirishga xizmat qiladi.

Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari

qo‘mondonligi matbuot xizmati