Harbiy okrug Boshqaruv apparatida siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida brifing tashkil etildi

7

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tashabbusi bilan Boshqaruv apparati katta majlislar zalida barcha siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida brifing tashkil etildi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar,  Qurolli Kuchlar xizmatchilari, siyosiy partiyalarning targ‘ibot guruhlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Avvalo partiyalarning viloyat Kengashi raislari tomonidan o‘zlarining saylovoldi dasturlari qisqacha tanishtirib o‘tildi. Shundan so‘ng, viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatligiga nomzodlar so‘zga chiqib, o‘zlari oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida saylovchilarga maьlumotlar berishdi. Bu esa qatnashchilarning endigi saylovlarda kimga ovoz berayotganliklarini bilishga, ularning reja va vazifalari bilan yaqindan tanishishga imkon yaratdi.

Saylovlarning demokratik tamoyillar asosida, yuqori saviyada o‘tishini taьminlash, harbiylar va fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida uyushtirilgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

Tashkil etilgan bu kabi tadbirlar oldinda turgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, shahar hamda tuman Kengashlariga saylov jarayonlariga fuqarolar va harbiylarning ongli ravishda ishtirok etishini taminlaydi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati