Yoshlar Mudofaa vazirligi Sport markazi oʻq otish sport bazasi mehmoni bo‘ldi

0
544

Oʻzbekiston Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlalsh tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-92-son qarori ijrosini taʻminlash maqsadida Mudofaa vazirligi Sport markazi oʻq otish sport bazasida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Mazkur tadbirga Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumaninig 221-son oʻrta maktab “Vatan tayanchi” otryadi oʻquvchilari jalb qilindi.

Tadbir davomida Sport markazi mutasaddilari tomonidan oʻquvchilarga markaz tarixi, hozirgi kunda markazda faoliyat olib borayotgan sportchilar, uning vazifalari va maqsadlari haqida qisqacha maʻlumot berildi.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlar uchun oʻq otish sporti boʻyicha koʻrgazmali mahorat darslari, “AK-74” va “PM” oʻqotar qurollarini sochish va yigʻsh hamda yoshlarda ushbu sport turiga koʻnikma hosil qilishda pnevmarik sport qurollaridan amaliy mashqlar bajarish imkoniyati berildi.

Tadbir soʻngida yoshlar barcha mashqlarni bajarishlari bilan birga markaz faoliyati ularda katta qiziqish uygʻotganligini taʻkidlab oʻtdilar.