Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonida askarlar tomonidan  beshta muhim tashabbus ilgari surilmoqda

24

Navoiy viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi tomonidan yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli hamda muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida  “Vatanimni ko‘z qorachig‘imdek asrayman” hamda “Temurbekning izdoshlari” shiori ostida musobaqa tashkil etildi.

O‘tkazilgan ushbu musobaqada Mudofaa, Milliy gvardiya, IIV kursantlari va askarlar hamda “Qalqon” jasorat harbiy-sport maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Musobaqada ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylash, “Temur tuzuklari” bilimdoni, qisqa vaqt ichida avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish hamda erkin mavzu kabi shartlar asosida bellashishdi.

Musobaqada ishtirokchilar qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimizning siymosida sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. Bu ham albatta, yoshlarimizni shonli tarixi bilan faxrlanishiga va kelajakda ajdodlarga munosib voris bo‘lishiga undaydi.

Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindorlarga Navoiy viloyati xokimligi va viloyat kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati