Forish poligonida saylov uchastkalari a’zolari  ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

8

Tadbirda Jizzax viloyati adliya boshkarmasi mutaxassisi, Jizzax xarbiy prokuraturasi vakillari, Forish tumani saylov komissiyasi a’zolari hamda jizzax garnizoni xarbiy kism kamandirlari va ularning urinbosarlari, saylov uchastkasi a’zolari ishtirok etdi.

Tadbir davomida huquqshunoslar tomonidan saylov jarayonlarini o‘tkazish tartibi va qonun-qoidalari, saylov uchastkalarining ish faoliyati, saylov kodeksida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarilishi to‘g‘risida tushunchalar berishdi.

Mazkur yig‘inda saylov uchastkalarini jihozlash, muddatidan oldin ovoz berish, saylovni o‘tkazish, natijalarni aniqlash va e’lon qilish, takroriy ovoz berish bo‘yicha javobgarlikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, siyosiy partiya nomzodlarini saylovoldi dasturlari bilan yaqindan tanishish kabi vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Forish tog‘ poligonidagi saylov uchastkasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Markaziy harbiy okurg matbuot xizmati