Harbiy qismda nazariy va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

20

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli harbiy qism dala-o‘quv maydonida batalьon taktik guruhi shaxsiy tarkibi bilan axloqiy-ruhiy ta’minot rejasiga asosan «Qo‘shinlarni dushman ustidan axloqiy-ruhiy ustunlikka erishishi bo‘yicha buyuk sarkardalarning qo‘llagan usullari» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda qatnashchilar Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi tarixiy shaxslarimizning janglarda qo‘llagan taktik usullari, qo‘shinni ruhlantirish g‘oyalari va uslublari haqida yangi bilimlarga ega bo‘lishdi. Amaliy mashg‘ulotda esa harbiy xizmatchilar seksiya tarkibida to‘siqli yo‘lakdan o‘tkazilib, ruhiy va jismoniy holatlari tahlil qilindi.

Tahlil jarayonida shaxsiy tarkib dala-o‘quv maydonida mashg‘ulotlarni amalga oshirdi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati