Markaziy harbiy okrugda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish maqsadida seminar trening tashkil etildi

19

2019 yil 22 dekabrь kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga harbiy qismlarda tashkil etilgan saylov uchastkalari faollarini siyosiy bilim darajasini yuksaltirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, Markaziy harbiy okurgda tashkil etilgan navbatdagi targ‘ibot tadbirida okurg qo‘mondonligi, Samarqand harbiy prokuraturasi, Jizzax shahar hokimligi, Markaziy saylov kommissiyasi trenerlari, Jizzax, Samarqand va Navoiy garnizonidagi harbiy qismlardagi saylov uchastkalari komissiya raislari, saylov komissiyasi a’zolari hamda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Unda Markaziy saylov komissiyasi trenerlari va huquqshunoslar tomonidan  Saylov kodeksining mazmun-mohiyati, fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari, qonuniylikni ta’minlash masalalari, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish hamda ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tartib-taomillari haqida ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Shuningdek, Samarqand harbiy prokuraturasi tomonidan saylov komissiyalari faoliyatida  saylov  to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishidagi javobgarlik haqida tushunchlar berishdi.

Tadbirning ikkinchi qismi amaliy tarzda o‘tkazildi. Unga ko‘ra  ishtirokchilar saylov uchastkasida tashkil etilgan zarur shart-sharoitlar yuzasidan yaqindan tanishishdi.

O‘tkazilgan seminar treningni pirovard natijasida harbiylarning saylovlarda faol ishtirok etishi va mamlakatimiz taqdiri uchun daxldorlik tuyg‘usini yana bir bor kuchaytirishga xizmat qiladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati