Toshkent harbiy okrugida «Kichik futbol»  chempionati o‘z nihoyasiga etdi

31

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlaridan birining sport bazasida “Kichik futbol” sport turi bo‘yicha okrug chempionati o‘tkazildi. Unda 6 ta harbiy qism jamoalari faol ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurashdi.

Chempionatdan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarni jismoniy tayyorgarlikka bo‘lgan qiziqishlari va talabchanligini oshirish, musobaqada faol qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallagan o‘yinchilarni rag‘batlantirish hamda yuqori natija ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar bilan okrug terma jamoasini tuzishdan iborat.

Musobaqa g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati