Surxondaryodagi harbiy qism va muassasalarda saylov targ‘iboti tadbirlari qizg‘in o‘tmoqda

39

2019 yil 22 dekabrь kuni respublika miqyosida Oliy Majlis qonunchilik palatasi, tuman (shahar) va viloyat kengashlariga deputatlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Shu boisdan, saylovga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Janubiy operativ yo‘nalish boshqaruv guruhi tasarrufidagi 9 ta saylov uchastka komissiya raisi, saylov komissiyasi a’zolari hamda harbiy qism, batalьon, divizion va vzvod komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari va jamoat tashkilotlari ishtirokida o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Surxondaryo viloyati Termiz shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i Abdusalim Jabborov ham ishtirok etdi.

Targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari xususida asosiy tushunchalar berib o‘tildi.

Jumladan,  harbiylar o‘z konstitutsiyaviy huquqlaridan to‘g‘ri foydalanib, saylovlarda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti