Harbiylar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi o‘tkazildi

28

Kecha,  26 noyabr kuni  Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati va Zangiota tumani Kengashlari bilan hamkorlikda Zangiota tumanida joylashgan barcha harbiy qism va muassasalarning yoshlaridan iborat 4 ta jamoa ishtirokida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Unda Milliy gvardiya harbiy-texnik institutining “Yosh gvardiyachilar” jamoasi 1-o‘rinni va Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining “Universal” jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Uchinchi o‘rinni Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasiga qarashli harbiy qismning “Qalqon” jamoasi va Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismning “Quvnoq harbiylar” jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib va faol ishtirok etganlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati va Zangiota tumani Kengashlari tomonidan diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti