Okrug qo‘shinlarida saylov bo‘yicha o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi

35

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarining Farg‘ona, Andijon va Namangan garnizonlarida tashkil etilgan saylov uchastka komissiyasi va ularning a’zolari bilan okrug qo‘shinlaridan tayinlangan mansabdor shaxslar tomonidan joylardagi saylov okrugi komissiyasi a’zolari hamda adliya bo‘limlari va harbiy prokuratura xodimlari ishtirokida o‘quv uslubiy yig‘in o‘tkazildi.

Mazkur o‘tkazilgan yig‘inda tashkilotlar vakillari tomonidan saylov uchastka komissiyasi a’zolariga saylovni o‘tkazish tartibi va faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek okrug qo‘shinlarida tashkil etilgan saylov uchastka komissiyasi a’zolari tomonidan harbiy qismlarda tashkil etilgan saylov uchastkalarining ish faoliyati, saylov kodeksida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarilishi yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.

Mazkur yig‘inda saylov uchastkalarini jihozlash, muddatidan oldin ovoz berish, saylovni o‘tkazish, natijalarni aniqlash va e’lon qilish, takroriy ovoz berish bo‘yicha javobgarlikka oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, muloqot samaradorligini o‘rgatish, sayyor mashg‘ulot o‘tkazish kabi vazifalar belgilab olindi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati