Harbiy okrugga qarashli harbiy qismlarda saf ko‘rigi o‘tkazildi

8

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining buyrug‘iga binoan okrug boshqaruv apparati tomonidan okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, bo‘linmalarda o‘tkazib kelinayotgan bu kabi tekshiruvlarda harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligiga har tomonlama baho beriladi.

O‘tkazilayotgan saf ko‘rigida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar, serjantlar va ofitserlar tarkibining hujjatlari, safar xaltasi, qurol-aslaha va anjomlari tekshirildi.

Bir so‘z bilan aytganda Markaziy harbiy okrugga qarashli harbiy qismlarda olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari yurt posbonlarining jangovar tayyorgarligini har tomonlama oshirish, komandirlik boshqaruvi va favqulodda holatlarda harbiy xizmatchilarning to‘g‘ri va aniq harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati