Harbiy prokuratura tizimida xizmat qilayotgan yosh mutaxassislar ishtirokida seminar o‘tkazildi

9

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tizimida xizmat qilayotgan yosh mutaxassislar ishtirokida “Harbiy prokuratura organlarining faoliyat yo‘nalishlari va vazifalari” mavzusida navbatdagi o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi.

Ushbu seminarni yuqori saviyada va samarali bo‘lishini ta’minlash maqsadida, harbiy prokuratura organlari faoliyati va nazorat sohalaridagi qonuniylik ahvoli tahlillaridan kelib chiqqan holda, seminar kun tartibidan dolzarb mavzular, mashg‘ulotlar, nazariy va amaliy sinovlar hamda boshqa tadbirlar tashkillashtirildi.

Seminar davomida yosh mutaxassislar X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga va “Kitob olami” majmuasiga tashrif buyurdilar hamda O‘zbek milliy akademik drama teatri repertuaridan “Imon” spektaklini tomosha qildilar.

Shubhasiz, tashkil etilgan seminar yosh mutaxassislarda soha faoliyatini va qonuniylik ahvolini tizimli tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni va faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish hamda huquqni qo‘llash borasidagi amaliy bilimlarini yuksaltirish, prokuror nazoratini tashkil etishda yuzaga kelayotgan kamchiliklarni kelgusida oldini olish borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Chingiz RAIMBERDIEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti