Harbiy qismda shartli yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

34

Toshkent harbiy okrugi Davlat texnika nazorati va texnika xavfsizligi bo‘limi  Chirchiq garnizoni yong‘in xavfsizligi nazorati bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti tashkillashtirdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Chirchiq garnizoniga qarashli harbiy qismning xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ob’ektlarida shartli yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

O‘quv-mashg‘ulotlari davomida harbiy qism shaxsiy tarkibining tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkazildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati