Mudofaa vazirligida oila ma’naviyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

41

Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida “Juma – ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda oila ma’anviyati, uni asrash, farzandlar tarbiyasida milliy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati borasida so‘z bordi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, shoira Farog‘at Hudoyqulova so‘zga chiqib, oilalardagi nizolarning oldini olish, farzandlarni kitobxonlikka targ‘ib qilish, o‘zbekona urf-odatlarni kamol toptirish borasida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

– Bugungi tadbir muqaddas qo‘rg‘on bo‘lmish oila va uning tinchligini asrash, bu borada kishi dunyoqarashi va ma’naviyatini o‘stirish masalalariga alohida to‘xtalindi, – deydi podpolkovnik Jamshid Rohataliyev. – Harbiy xizmatchilar oilasidagi sog‘lom muhit, mutolaa madaniyatini shakllantirish, bu borada boy madaniy merosimizdan unumli foydalanish xususidagi fikrlar barchaga manzur bo‘ldi.

Tadbir o‘zaro muloqot, Vatan va oila haqidagi she’rlarga ulandi.

Nargiza ASADOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti