Qurolli Kuchlar akademiyasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

41

Qurolli Kuchlar akademiyasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar hamda yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

– Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, – deydi podpolkovnik Umid Eshonkulov, – har bir harbiy xizmatchi o‘zining hayoti va sog‘lig‘ini saqlashi, xizmat vazifalarini bajarish davomida jinoyat sodir etilishini oldini olish, harbiy xizmat o‘tashning xavfsiz sharoitlarini yaratib berish, ulaning huquqiy savodxonligini oshirish, sohada ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida yetkazishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya polkovnigi Shuhrat Zoirov o‘z so‘zida bugungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasi kunlarini muntazam tashkillashtirish harbiy xizmatchilarning huquqiy bilimlari yanada oshishiga zamin yaratishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti