Harbiy xizmatchilar ishtirokida  saylovoldi  targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

11

Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi boshqaruv apparatida shaxsiy tarkibning mamlakatimizda kutilayotgan muhim siyosiy jarayonlar, 2019 yil 22 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy kengashlariga o‘tkaziladigan saylovlar mazmun-mohiyati yusazidan tushunchalarini mustahkamlash maqsadida “Saylov qonunchiligi va harbiy xizmatchilarning saylovga oid huquqlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstutitsion sudi sudьyasi Baxtiyor Miralimov va O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi sudьyasi Umidjon Shokirov ishtirok etib, harbiy xizmatchilarga saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, saylovlarni o‘tkazish tartibi, tuzilgan saylov komissiyalari, ularning tarkibi hamda vakolatlari xususida ma’lumotlar berishdi.

Shuningdek, shaxsiy tarkibga mavzuga oid slaydlarni namoyish etgan holda, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar va ularning faoliyati haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati