Harbiy kafedra talabalari harbiy qismdagi amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi

107

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti harbiy kafedrasi 3 bosqich talabalari Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi.

Bu yerda talabalar universitetda olayotgan nazariy bilimlarini amaliyotda ham sinab ko‘rdilar. Harbiy qismning mas’ul ofitserlari boshchiligida talabalar uchun maxsus ekskursiya tashkil qilinib, unda jangovar mashinalarning ishlash mexanizmlari, texnik tuzilishi haqida batafsil ma’lumot berib borildi.

Shu bilan birga, parashyutning tuzilishi, qiyin vaziyatlarda ham uni boshqarish yo‘l-yo‘riqlari haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati