Harbiy aviatsiya bilim yurtida “Qizlar ovozi” forumi o‘tkazildi

85

O‘zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida Qarshi shahar yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda “Qizlar ovozi” forumi o‘tkazildi.

Tadbirda bilim yurti shaxsiy tarkibi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar jamiyatimizda qizlarning tutgan o‘rni, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda ularning barcha sohalarda faolligini oshirish, ijtimoiy himoyasi, bilim va saviyalarini oshirishlari hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari uchun zarur bo‘lgan fikr-mulohazalarni bildirishdi.

Xususan, bilim yurti ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) podpolkovnik Lochinbek Ravshanov o‘z ma’ruzasida forum ishtirokchilariga ayollarning jamiyatimiz va oiladagi roli bo‘yicha gapirib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti