Narpay tumanida keng qamrovli harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

0
677

“Mard o‘g‘lon yoshlarga namuna” shiori ostida Samarqand viloyati Narpay tumanining Oqtosh shaharchasida “Harbiy-vatanparvarlik festivali” bo‘lib o‘tdi. Festival sakkiz mingga yaqin narpaylik yoshlarni birlashtirdi.

Tadbir Narpay tuman hokimi Sherzod Rahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazi harbiy xizmatchilari, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirokida  “Besh ming qadam” dasturi asosida start oldi.

Festival soʻz olganlar chekka va olis hududlardagi yoshlarning iqtidorini namoyish etish, ularning ilmga va sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish boʻyicha targʻibot tadbirlari va ularning samarasi haqida alohida taʼkidlab oʻtdi.

Festivalning badiiy qismidan baxshichilik va mushoiralar o‘rin oldi.  Markaziy harbiy okrug harbiy orkestr jamoasining konsert dasturlari hamda Markaz kursantlarining qo‘l janggi chiqishlari ham shular jumlasidan.   

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan mazkur festival yakunida faol yoshlar tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunkatsiyalar departamenti