Qurolli Kuchlar akademiyasida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi

0
605

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Mirzo Ulugʻbek tumani “Yangi Olmachi” mahallasi yoshlari, kursantlar va Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida “Uchinchi renessans davrida yoshlarning oʻrni” mavzusida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida ona Vatanga mehr-muhabbat, Vatan taqdiri va taraqqiyoti uchun javobgarlik hissini oshirish, Qurolli Kuchlarimiz kuch-qudrati bilan faxrlanish tuygʻularini shakllantirish va buyuk ajdodlarga munosib avlod sifatida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzosi Majid Umarov, Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari boʻyicha markaziy kengashi raisi Abubakir Navroʻzov, tarix fanlari nomzodi, professor Iskandar Xayitov, mehnat faxriysi, professor Qobil Yoʻldoshev va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida faxriy mehmonlar va nuroniylar oʻzlarining xizmat faoliyatlari bilan oʻrtoqlashib, yoshlarga kelgusida faol hayotiy pozitsiyaga ega boʻlgan yurtga sadoqatli farzand boʻlishlari uchun kerakli maslahatlar berishdi. Oʻquvchilar esa oʻzlarini qiziqtirgan savollariga ulardan batafsil javob oldi.

Tadbir soʻngida tadbir mehmonlari va ishtirokchilar akademiya tarix muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti