Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

0
739

Qurolli Kuchlar akademiyasida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz masʼulmiz” mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Harbiy xizmatchilar ongida korrupsiyaga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, korrupsiyaga oid jinoyatlarning kelib chiqishining oldini olish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda Respublika prokurorining katta yordamchisi adliya polkovnigi Sherzod Haitov oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, bugungi kunda korrupsiya muammosi butun dunyoda mamlakatlar ravnaqiga katta xavf solayotgan illat va transmilliy jinoyat sifatida keng muhokama qilinmoqda. Zero, u keltiradigan zarar davlatlarning turli sohalariga, xususan, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Tadbir yakunida bildirilgan fikrlarga hamohang ravishda videorolik namoyish etildi.

Mayor Gulnora Xojimurodova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti