Chimyonda “Togʻ jangchisi” musobaqasi boshlandi

0
897

“Chimyon” togʻ tayyorgarligi oʻquv mashgʻulot markazida Mudofaa vaziriligi qoʻshinlarida “Men gʻolib” shiori ostida o‘tkazib kelinayotgan armiya oʻyinlarining “Togʻ jangchisi” musobaqasi boshlandi. Jamoalar musobaqaning birinchi shartida sunʼiy qoyaga chiqish boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.

Bellashuvlarning ikkinchi bosqichda esa ishtirokchilar guruh tarkibida oʻq otish boʻyicha bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazgan bo‘lsa, uchinchi bosqichda tabiiy togʻ toʻsiqlari yoʻlagidan oshib oʻtdi.

Shuningdek, bugun, 29-noyabr kuni Sharqiy harbiy okrug Fargʻona poligonida Mudofaa vaziriligi qoʻshinlarida “Men gʻolib” shiori ostida o‘tkazib kelinayotgan armiya oʻyinlarining “Desant vzvodi” va “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqalariga start berildi. 

Tantanli ochilish marosimi davomida barcha okruglardan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilarga musobaqa davomida omad va zafarlar tilandi. 

Harbiy poligonlar va o‘quv markazlarida davom etayotgan musobaqalar qizg‘in pallaga kirdi.