Harbiy orkestr jamoasi madaniy-ko‘ngilochar aksiyada faol ishtirok etdi

5

O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Nukus shahar Kengashi tomonidan Nukus shahridagi “Mega Nukus” savdo markazi oldida madaniy-ko‘ngilochar aksiya o‘tkazildi.

Dasturiy g‘oya va maqsadlarni omma orasida keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan mazkur tadbir “Adolat – har bir inson uchun!” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestr jamoasi ham faol ishtirok etib, sho‘x kuy va qo‘shiqlari bilan barchaga xushkayfiyat ulashdi.

Ana shunday tadbirlardan biri Urganch garnizoni harbiy qismlaridan birida ham tashkil etildi.

“Yangi O‘zbekiston – Yangi saylovlar» shiori ostida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokidagi uchrashuvda harbiy xizmatchilarga saylov kodeksi va saylovga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, saylovda ovoz berish tartibi xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati