Qurolli Kuchlar akademiyasida saylov jarayonlarining qizg‘in sur’atlari va tafsilotlariga bag‘ishlangan tahliliy tadbir bo‘lib o‘tdi

5

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida “Saylov – 2019” doirasida joriy yilgi saylov jarayonlarining qizg‘in sur’atlari va tafsilotlariga bag‘ishlangan tahliliy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Unda tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Dilrabo Achilova, Ayollar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Nodira Mamatova hamda poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani deputatlari kengashi bosh maslahatchisi Rohila Qahhorova so‘z olib, tinglovchilarga joriy yilgi saylovoldi kompaniyalarining siyosiy pozitsiyalari, xalqni, odamlarni rozi qilish, fuqarolarimizning yanada farovon turmush kechirishini ta’minlash borasida olib borayotgan sa’y-harakatlari xususida fikr yuritdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti