Joylarda “Yongʻin xavfsizligi oyligi” davom etmoqda

0
565

Mudofaa vazirligi shaxsiy tarkibi, biriktirilgan harbiy obyektlar, qurol-yaroq va texnikalarning 2022—2023-yil kuzgi-qish mavsumida yongʻin xavfsizligini taʻminlash hamda betalafot oʻtkazish maqsadida harbiy qism va muassasalarda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yongʻin xavfsizligi oyiligi” o‘tkazilmoqda.

Ushbu davrda yongʻin xavfsizligini taʻminlash, shaxsiy tarkibni doimo jangovar shayligini saqlash eng muhim yoʻnalishidan biriga hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism madaniyat markazida “Yongʻin xavfsizligi oyligida faol ishtirok etaylik!” mavzusida onlayn tarzda videokonferensiya mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Unda Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi boshqaruv apparati, shuningdek, respublikaning turli hududlaridagi boʻysunuvchi harbiy qismlar shaxsiy tarkibi ham ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yongʻin xavfsizligi oyiligi”ni yuqori saviyada oʻtkazish, sohaga oid hujjatlar haqida alohida toʻxtalib o‘tdi, xususan, Mudofaa vazirligi tizimida ham qator islohotlar amalga oshirilgani haqida maʻlumot berildi.

Tadbir yakunida barcha oylik davomida faol qatnashishga chorlandi hamda yongʻin xavfsizligi boʻyicha profilaktik videolavhalar qatnashchilarga namoyish etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti