“Tosh ko‘tarish” sport turi bo‘yicha okrug chempionati o‘z nihoyasiga yetdi

5

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan harbiy qism sport bazasida “Tosh ko‘tarish” sport turi bo‘yicha okrug chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning jami 48 nafar harbiy xizmatchilari 60, 65, 70, 75, 80, 85, 90 va +90 kg vazn toifalari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Yakkalik va jamoaviy hisobda eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilar va jamoalar hakamlar hay’ati tomonidan aniqlandi.

Murosasiz kechgan bahslarda umumjamoa hisobida 1-o‘rin Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qism jamoasiga, 2-o‘rin Bo‘stonliq tumaniga qarashli harbiy qismga, 3-o‘rin esa Shirin shahridagi harbiy qism jamoasiga nasib etdi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati