Mudofaa vazirligi tizimida “Eng ilg‘or hamshira” tanlovining final bosqichi o‘tkazildi

6

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida faollar zalida Mudofaa vazirligi tizimida har yili “Tibbiyot xodimlari kuni” arafasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan «Eng ilg‘or hamshira» kO‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy poliklinika va harbiy gospitallarda faoliyat yuritayotgan, yakuniy bosqichga yo‘llanma olgan iqtidorli hamshiralar o‘zaro kuch sinashdilar.

Besh bosqich – beshta shartdan iborat tanlov murosasiz bellashuvlarga boy bO‘ldi. Hamshiralarning har bir chiqishini Mudofa vazirligi tibbiy ta’minot boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassislaridan iborat hay’at a’zolari baholab bordi.

Tadbir avvalida so‘z olgan tibbiyot fanlari doktori, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxonova hamshiralarga omad tilash barobarida, ularning ilkidagi mas’uliyatli burch haqida to‘htalib o‘tdi.

Mudofaa vazirligi tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiy xizmat polkovnigi Abdug‘ani Yuldashevning tanlovning hamshiralar faoliyatida tutgan o‘rni, tibbiyot xodimlariga bildirgan ezgu-tilaklari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Hamshiralar ko‘rik-tanlovda salomlashuv, tibbiy atamalar asosida test viktorinasi, tibbiy, ma’naviy-ma’rifiy va nazariy savollar, vaziyatli masalalar asosida kechiktirib bo‘lmas tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda erkin mavzularda o‘zaro bellashdilar.

«Eng ilg‘or hamshira» kO‘rik-tanlovi hayajonli damlar va munozaralarga boy o‘tdi. Tanlov davomida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli san’atkorlarining kuy-qo‘shiqlari dillarga xushnudlik ulashdi.

Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra, Samarqand harbiy gospitali hamshirasi Sayfura Tagirova birinchi o‘ringa loyiq deb topildi.

Ikkinchi o‘rin Markaziy harbiy klinik gospitalь hamshirasi Diyora Shorasulovaga nasib etdi.

Uchinchi o‘rinni Termiz harbiy gospitali hamshirasi Dilnoza Xidirova egalladi.

G‘olib va sovrindorlarga “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirida qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar

 Zulfiya YuNUSOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti