Harbiy xizmatchilar ishtirokida ijtimoiy psixologik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

9

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat idoralararo komissiya tomonidan Sharqiy harbiy okrug hududida joylashgan barcha harbiy qism va muassasalardagi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan ijtimoiy psixologik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlarda harbiy jamoalarda axloqiy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, harbiy xizmatchi shaxsini yanada barkamollashtirish, ruhiy sog‘lomlashtirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlarni olib borish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Mas’ul ofitserlar tomonidan mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ish jarayonlari bilan tanishildi, ilg‘or tajribalar o‘rganildi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan joylardagi davlat va jamoat tashkilotlari mutaxassislari ishtirokida oilada barqaror o‘zaro munosobatni yaratish va sog‘lom muhitni ta’minlash, muhim hayotiy pozitsiyalarni anglashga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shu bilan birga amaliyotchi psixologlar bilan hamkorlikda ruhiy engillashtirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari tashkillashtirildi.

Bo‘linmalardagi ijtimoyi psixologik muhitni o‘rganishga qaratilgan so‘rovnomalar o‘tkazildi. Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari Mudofaa ishlari boshqarmalarida harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatga tanlab olish jarayonlari bilan tanishildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati