Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!

0
1044

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 31 yil to‘lishi munosabati bilan mamlakatimizda “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat va sadoqat fazilatlarini shakllantirish, davlat ramzlarining milliy davlatchiligimiz tarixi, bugungi mustaqil taraqqiyotimizda tutgan o‘rni va qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, respublikamiz miqyosida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hududiy kengashlarining mashq avtomobillaridan tashkil topgan “Vatanparvar avtokarvoni” markaziy ko‘chalar bo‘ylab davlat bayrog‘ini o‘rnatgan holda harakatlandi.

Darhaqiqat, ushbu “Vatanparvar avtokarvoni”ning tantanali harakatlanishiga guvoh bo‘lgan har bir yurtdoshimizning ko‘nglida vatanparvarlik hissi jo‘sh urib, davlatimizning ramzlariga, jumladan, milliy bayrog‘imizga nisbatan yuksak ehtirom va faxr-iftixor tuyg‘usini his qilishi shubhasiz.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti matbuot xizmati