Qurolli Kuchlar akademiyasiga Fransiya delegatsiyasi tashrif buyurdi

11

Fransiya Qurolli Kuchlari delegatsiyasi Fransiyada harbiy kadrlarni tayyorlash tizimi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Qurolli Kuchlar akademiyasida ofitser va professor-o‘qituvchilar ishtirokida ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama ishchi uchrashuvning asosiy vazifalari harbiy kadrlarni tayyorlash, ularning malaka darajasini oshirish, favqulodda holatlarda jangovar tayyorgarlik, muammolarini hal qilishda umum nuqtai nazar yondoshuvlarini aniqlashdan iborat.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Fransiyadagi oliy va o‘rta harbiy ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Fransiya Saint SYR harbiy oliy ta’lim maktabining 3-kurs kichik leytenanti Liza Griffe tomonidan harbiy maktab haqida taqdimot qo‘yildi.

—Harbiy maktabimizda yuqori bosqich leytenantlari akademik ta’lim olishlari uchun biror davlatni tanlashlari kerak, – deydi Fransiya Saint SYR harbiy oliy ta’lim maktabining 3-kurs kichik leytenanti Liza Griffe. – Men O‘zbekistonni tanladim. Chunki Markaziy Osiyo davlatlari ichida etakchi mamlakat. Bu erning tarixiy shaharlari, mehmondo‘st xalqi doim o‘ziga rom etib kelgan.

Ayjamal JOLDASBAEVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti