Samarqanddagi maktabga harbiy fanlar boʻyicha namunaviy oʻquv moddiy baza jamlanmasi topshirildi

0
609

Bugungi kunda maktablarda oʻquvchi yoshlarni harbiy kasbga boʻlgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish va Chaqiruvga qadar boshlangʻich harbiy tayyorgalik fanlarini oʻqitish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazi qoʻmondonligi tashabbusi bilan Samarqanddagi 55-sonli umumtaʼlim maktabiga harbiy fanlar boʻyicha namunaviy oʻquv moddiy baza jamlanmasi topshirildi.

Ushbu maktab oʻquvchilariga kichik mutaxassislar tayyorlash Markazining tajribali yoʻriqchi-serjantlari tomonidan oʻquv moddiy baza jamlanmasidan qanday foydalinishlari boʻyicha dastlabki maʼlumotlar yetkazildi. Koʻrgazmali mashgʻulotda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. 

Maktab oʻquvchilari uchun otish tayyorgarli, muhandislik tayyorgarligi, taktik tayyorgarlik, jismoniy tayyorgarlik va radiatsion kimyoviy biologik muhofaza hamda harbiy topografiya kabi harbiy fanlardagi eng zarur boʻlgan oʻquv moddiy bazalar jamlanmasi boshlangʻich harbiy taʼlimni oʻrganishda juda qoʻl keladi. Bu esa yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda va harbiy xizmatga boʻlgan istaklarini mustahkamlashda hamda yoshlarning milliy armiyamiz bilan faxrlanishi, gʻururlanish hissini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Kichik serjant Xayrullo OʻLMASOV