Zamonaviy harbiy mojarolarni oʻrganishga bagʻishlangan anjuman

0
727

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida “Zamonaviy harbiy mojarolarning kelib chiqish sabablari va uchinchi kuchlarning taʼsiri” mavzusida harbiy ilmiy anjuman oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilari, ofitserlar va malaka oshirish fakulteti tinglovchilari hamda kursantlar ishtirok etdi.

Anjuman quyidagi maqsadli mezonlar asosida olib borildi:

•mamlakatning milliy manfaatlarini himoya qilish, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatni inobatga olish, harbiy sohada milliy xavfsizlikka boʻlgan tahdidlar darajasini xolisona baholash, zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatini ilmiy mulohaza qilishni oʻrganish;
• zamonaviy harbiy mojarolarning kelib chiqish sabablari va uchinchi kuchlarning taʼsirini chuqur oʻrganib chiqib tahlil qilish va xulosalar ishlab chiqish;
• komandirlar tarkibiga vazifalarni oʻz vaqtida qoʻyish va aniqlashtirish, ularning harakatlarini moddiy-texnik jihatdan har tomonlama taʼminlashni inobatga olgan holda harbiy kadrlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuygʻusini mustahkamlash borasida uzluksiz ish olib borish, shuningdek, bilim yurti shaxsiy tarkibini maʼnaviy-axloqiy va psixologik jihatdan samarali tayyorlash.

Maʼruzachilar ushbu talablar asosida oʻz xulosa va takliflarini berishdi.
Harbiy ilmiy anjuman munozaraga boy va qizgʻin tarzda oʻtdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti