Mudofaa vazirligi armrestling chempionati g‘olibi

0
825

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy sport natijalarini rivojlantirish markazida armrestling boʻyicha sport markazi ochiq chempionati boʻlib oʻtdi. Unda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Bojxona qoʻmitasi, Oliy taʼlim muassasalari hamda bolalar va oʻsmirlar sport maktabi jamoalaridan tarkib torgan professional va havaskor armrestlingchilar ishtirok etdi.

Musobaqani oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi rahbari kirish soʻzi bilan ochib berdi. Bugungi chempionatda barchaga omad tilab, ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi. Shunday soʻng, harbiy orkestr ijrosida jangovar ruhni oshiruvchi kuylar yangradi.

Kun davomida boʻlib oʻtgan chempionatda umumjamoa hisobida Mudofaa vazirligi jamoasi birinchi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ikkinchi hamda Ichki ishlar vazirligi jamoasi uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻolib va sovrindorlar medal, diplom hamda kubok bilan taqdirlandi.

Sherzod SHARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti