Janubda “Vatan tayanchi” otryadi oʻquvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

0
720

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan 26-sonli umumtaʼlim maktabida Janubiy oyerativ qoʻmondonligi boshligʻi polkovnik Poʻlatjon Sativaldiyev ushbu maktabda bilim olayotgan 10-11 sinf oʻquvchilari orasidan tashkil etilgan “Vatan tayanchi” otryadi oʻquvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida polkovnik Alisher Shirinov “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining maqsadi va uning vazifalari hamda unga aʼzo boʻlgan yoshlarga davlatimiz tomonidan beriladigan imtiyozlar toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berdi.

Shundan soʻng qo‘mondonlik boshligʻi tomonidan yoshlar bilan “Jasorat” darsi tashkil etildi. Darsda yoshlarga bugungi kunda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ular tomonidan qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar haqida toʻxtalib oʻtildi. Yoshlarga kelajakda harbiy bo‘lish uchun hozirdan tinmay mehnat qilib, bilib olishi kerakligi, o‘zining jismoniy sog‘lini yaxshilab borilishi lozimligi uqtirildi.

Tadbir yakunida oʻquvchi yoshlarga qoʻmondonlik tomonidan esdalik uchun kitoblar sovgʻa qilindi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni