Harbiy xizmatchilar orasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muloqot o‘tkazildi

0
1011

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmat oʻtashning xavfsiz sharoitlarini yaratish hamda ularning hayoti va sogʻligini saqlashni taʻminlash masalalari vazirlik rahbariyatining doimiy diqqat markazida boʻlib, harbiy boshqaruv organlari faoliyatini baholanishining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligining Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlaridan birida shaxsiy tarkib oʻrtasida baxtsiz hodisalar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan ishlarni tashkillashtirish, soha yuzasidan oʻtkazilayotgan profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish hamda shaxsiy dahldorlik hissini kuchaytirish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan hududlarda sodir etilayotgan avtotransport hodisalari haqida statistik maʻlumotlar berilib, tanqidiy-tahliliy mulohaza qilindi. HAN inspeksiyasi va Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tayyorlangan baxtsiz hodisalar asosidagi qisqa, ammo taʻsirchan videolavhalar tadbir ishtirokchilari eʻtiboriga havola qilindi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan toʻlaqonli javoblar oldi.

Tadbir soʻngida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan toʻgʻri xulosa chiqarish kerakligi hamda shunday profilaktik tadbirlarni respublikamizning olis hududlarida ham reja asosida tizimli oʻtkazishga kelishib olindi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti