Harbiy qismga yangi harbiy texnikalar topshirildi

14

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismiga maxsus harbiy avtomashinalarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari, hududda joylashgan umumtalim maktablari o‘quvchilari hamda harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Madhiyamiz sadolari jarang sochgandan so‘ng, so‘zga chiqqanlar ko‘rsatilayotgan bunday etibor va olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar uchun cheksiz quvonch hamda g‘urur hissini tuyishayotganini alohida takidlashdi.

Olib kelinayotgan bu kabi texnikalar armiyamiz qudratiga-qudrat qo‘shayapti, shuning uchun ham bugun harbiylarimiz dunyoda eng kuchlilardan ekanini isbot qilishmoqda. Endilikda bu avtomobillar harbiy xizmatchilarning uzog‘ini yaqin qiladi. Shundan so‘ng, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari tomonidan avtomobil kalitlari o‘z egalariga topshirildi.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan tanishtirilib, ular haqida malumotlar berildi. O‘smir yigitlar yangi keltirilgan maxsus avtomobillar bilan tanishar ekan, ular dilidagi harbiy xizmatni o‘tashga nisbatan qiziqish yana bir qadar yuksalgan bo‘lsa ajab emas.

Maktablar mutasaddi xodimlari bilan harbiy qismlarga bu kabi tashriflarni ko‘plab uyushtirish haqida kelishib olindi. Negaki, ushbu yoshlar armiyamizning ertangi kunidir. Ularning bugungi islohotlardan xabardor bo‘lishi, Vatanimizning mudofaa qudrati oshib borayotganini his etishlari ahamiyatlidir.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati