Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qismida oila mustahkamligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

1

Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligining Buxoro viloyatida joylashgan harbiy qismlaridan birida ayol harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlovchi yetakchi mutaxassislar tashabbusi bilan “Mustahkam oila – yurt tayanchi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat musulmonlar idorasi vakili, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi mutaxassisi, Qorovulbozor tuman FHDYo bo‘limi mudiri ishtirok etdi.

Suhbat davomida ishtirokchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga, oilalardagi er-xotin munosabatlariga, farzand tarbiyasining nozik jihatlariga, yosh oilalarning ma’naviy-ruhiy moslashuvchanligini shakllantirishga, shuningdek turli nizolarni oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, mavzuga oid prezentatsiyalar va videolavhalar namoyish etildi.

Harbiy xizmatchilarning gimnastika va xoreografiya to‘garaklariga qatnashib kelayotgan farzandlari ham tadbirda ishtirok etib, o‘z chiqishlarini yig‘ilganlar e’tiboriga havola qildilar.
Suhbat yakunida ko‘p yillik hayot tajribasiga ega, ibratli oilalarning bekalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topishirildi.

Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati