O‘quvchi yoshlar harbiy bilim yurti mehmoni bo‘ldi

12

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida o‘quvchi yoshlar ishtirokida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Ekskursiyaga kelgan yoshlarga mazkur o‘quv dargohida tayyorlanadigan barcha harbiy mutaxassisliklarga oid ko‘rgazmali o‘quv joylari namoyish etildi. Ular kursantlarning bilim olishi, jismonan chiniqishi va madaniy hordiq chiqarishi, qisqa aytganda, bo‘lg‘usi ofitserlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

 

Butun bilim yurti bo‘ylab uyushtirilgan ekskursiya nafaqat yoshlar, balki ularga hamroh bo‘lgan kattalar uchun ham qiziqarli kechdi.

Aksariyat yosh mehmonlar harbiy ta’lim olayotgan akalariga havasda ekanliklarini izhor etishdi.

Sayohat davomida kimdadir Vatan himoyachisi bo‘lish istagi paydo bo‘lgan bo‘lsa, yana kimningdir bu boradagi qarori qat’iylashdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti