Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlarida axloqiy-ruhiy ta’minot mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

1

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida har seshanba kuni harbiy xizmatchilar bilan axloqiy-ruhiy tayyorgarlik bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi an’anaga aylangan.

Toshkent harbiy okrugiga qarashli Chirchiq dala-o‘quv poligonida harbiy xizmatchilar ishtirokida okrug qo‘mondonligi tomonidan axloqiy-ruhiy tayyorgarlik doirasida “Jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga harbiy xizmatchilarni psixologik jihatdan tayyorlash” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda okrug psixologi Manzura Zaidova va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish markazi psixologlari Sarvar Qahhorov, Go‘zal Yusupova, sotsiolog Dadaxon Valijonovlar ishtirok etib, batalon taktik guruhi shaxsiy tarkibi bilan turli psixologik treninglar o‘tkazishdi.

Mashg‘ulotlar so‘ngida harbiy xizmatchilar yer osti ruhiy ta’sir etish yo‘lagidan o‘tkazilib, ularning chidamlilik qobiliyati sinovdan o‘tkazildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati