Mudofaa vazirligi harbiylari Sirdaryodagi 40 dan ortiq maktabda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda

3

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus bo‘yicha Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan ham joylarda harbiy xizmatchilar va keng jamoatchilikni jalb etgan holda qator tadbirlar, xususan, davra suhbatlari, uchrashuv o‘tkazilib, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Shu kunlarda Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi ofitserlaridan iborat ishchi guruhlar Sirdaryo viloyatida e’lon qilingan “Ma’naviyat haftaligi” doirasida eng chekka hududlardagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviyatlarini yanada oshirish va kitobga oshno qilish bo‘yicha uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazishmoqda.

Boy tarixiy merosga, buyuk ajdodlarga ega xalqimizdan ibrat olish uchun etarlicha saboqlar mavjud, faqat barini o‘qib-o‘rganishimiz va ularga munosib bo‘la olishimiz lozim. Viloyatning 40 ziyod umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirlarda ayni shu masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilgan bu kabi uchrashuvlar ular dunyoqarashini yuksaltirish, san’at, badiiy adabiyotga nisbatan mehr hislarini uyg‘otishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda. Eng faol o‘quvchilarga harbiy xizmatchilar tomonidan badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Mudofaa vazirligi tomonidan bu ishlar davom ettirilib, boshqa viloyatlarda ham “Ma’naviyat haftaligi” tashkil etilib, yuqoridagi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti