Buxorodagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
610

Soʻngi yillarda Qurolli Kuchlarimizning mudofaa qudrati va jangovar salohiyatini oshirish, armiyamizda zamonaviy qurol-yarogʻ va texnika bilan taʻminlash boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Mudofaa vazirligiga qarashli Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida joylashgan harbiy qism bazasida, “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida hududda istiqomat qiluvchi mahalla yoshlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Ushbu tadbir tuman mudofaa ishlar boʻlimi, maʻnaviyat va maʻrifat boʻlimi, Yoshlar ittifoqi hamda mahalla yoshlar yetakchilari bilan bevosita hamkorlikda tashkil etildi. 

Dastlab, ishtirokchilari uchun qurol-aslahalar koʻrgazmasi tashkil etilib, ularning taktik-texnik tavsifi bilan tanishtirildi. Shundan soʻng oʻquvchi yoshlar oʻrtasida sportning arqon tortish, sport qurolidan oʻq otish, harbiy estafeta va qoʻl kurash sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.

Tadbirning badiiy qismida tuman madaniyat markazining xonandalari hamda iste’dodli yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilar hisoblangan oʻquvchi yoshlarga yanada koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti