Oilalar bilan ishlash samaradorligi

0
549

Samarqand viloyati Qoʻshrobot tumani va Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari bilan “Maʼnaviy barkamol, jismoniy sogʻlom farzandlarni tarbiyalashda ota-onaning burchi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qoʻmondonining oʻrinbosari polkovnik Tolib Mirzayev, Mudofaa vazirligi xotin qiizlari va xarbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis Zulfiya Mansurova ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirga harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari ham jalb etildi.

Davra suhbati davomida soʻzga chiqqanlar oila mustahkamligi, er-xotin oʻrtasidagi oʻzaro munosobatlar, farzand tarbiyasi masalalari, shunigdek, kelgusida yosh oilalar oʻrtasida ajrimlarni oldini olsh, oilalar oʻrtasida turli xil nizolar kelib chiqishini oldini olish toʻgʻrisida taklif va tavsiyalar berib oʻtdi. Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarining savollari tinglanib, mutaxassislar tomonidan toʻlaqonli javoblar berildi.

Tadbir yakunida oilalar oʻrtasidagi nizolarning kelib chiqishi va oqibatlari toʻgʻrisida tayyorlangan ta’sirchan videofilmlar namoyish etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti