Harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

50

Kecha, 27-sentabr kuni «Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni» munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on poligoni hududida joylashgan harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Nurobod tumani Tim qishlog‘idagi umumta’lim maktabi o‘quvchilari harbiy qismda bo‘lib, harbiy xizmatchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona faoliyati va muddatli harbiy xizmatchilarga beriladigan oziq-ovqat hamda kiyim-kechak ta’minoti turlari bilan yaqindan tanishdilar.

Qurol-aslaha ko‘rgazmasi hamda davra suhbati yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati