Harbiy qismlarda yangi Nizom mazmun-mohiyati bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazilmoqda

63

Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi va uning tarkibiy bo‘linmalarida O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning mazmun-mohiyatini yetkazish bo‘yicha qo‘mondonlik kadrlar bo‘limi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruhi tashkil qilindi.

Mazkur ishchi guruhi tomonidan Toshkent va Farg‘ona garnizonida joylashgan harbiy qismlarga tashrif buyurilib, harbiy xizmatchilar bilan davra suhbatlari o‘tkazildi.
Suhbatlar davomida, yangi tahrirdagi Nizomni avvalgi Nizom bilan qiyosiy tahlil qilish orqali undagi o‘zgarishlar, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi bo‘yicha yaratilgan imtiyoz va qulayliklar haqida shaxsiy tarkibga yetkazildi.

Harbiy xizmatchilarni harbiy unvon olish, harbiy xizmatini yashash joyiga yaqin hududlardagi harbiy qismlarga ko‘chirish, xizmat ta’tiliga oid, shuningdek uy-joy bilan ta’minlanish, bepul tibbiy xizmatdan foydalanish, farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarga navbatsiz joylashtirish kabi masalalar qiziqtirgani bois, ushbu mavzularda suhbat yuritilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ishchi guruhining tashrifi davom etmoqda.

Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi matbuot xizmati