Harbiy qismda “Ustoz-shogird” an’anasi yo‘lga qo‘yildi

24

Kecha, 20-sentabr “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan Nukus garnizoni harbiy qismlaridan birida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug Faxriylar ishlari bo‘yicha Kengash hamkorligida “Ustoz-shogird” an’analarini yanada samarali foydalanishga yo‘naltirilgan uchrashuv uyushtirildi. Uchrashuvda mudofaa vazirligi tizimida uzoq yillar davomida burchiga sadoqat bilan xizmat qilgan bir guruh Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etishdi.

Dastlab, uchrashuv harbiy qismning so‘lim bog‘ida, ochiq tabiat qo‘ynida harbiy xizmatchilar bilan bo‘lib o‘tdi. So‘ng faxriylar harbiy qism yotoqxonalaridan birida bir guruh askarlarni suhbatga chorlab, yosh Vatan posbonlariga hayoti davomida asqotmish ibratli o‘gitlardan saboq berdilar.

35 yillik harbiy xizmat faoliyatiga ega iste’fodagi polkovnik Maxsetboy Musayev tadbirda so‘zga chiqar ekan, kelgusida harbiy qismlarga muntazam ravishda tashriflar uyushtirilishi va “Ustoz-shogird” an’analari keng yo‘lga qo‘yilishini aytib o‘tdi.

Samimiy suhbatdan keyin mehmonlar harbiy qismda yaratilgan keng shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati