Bilim yurtida Prezident qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

69

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muxandislik bilim yurtida Mudofaa vazirligi mafkuraviy va tarbiyaviy ishlar bosh boshqarmasi mas’ul ofitserlari harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda asosiy masala Prezidentimizning 2019-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga yoki halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi PQ-4382-sonli qarori ijrosini ta’minlashga qaratildi.

Shuningdek, tadbirda Mudofaa vazirining 2019-yil 31-avgustdagi tegishli buyrug‘i hamda yo‘riqnomada belgilangan bir qator vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar slaydlar asosida ishtirokchilarga bayon etildi.

Shu bilan birga, ofitserlar hamda harbiy xizmatchilarga mazkur buyruq asosida Mudofaa tizimida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti