31 nafar harbiy xizmatchining oilasi ish bilan ta’minlandi

71

Respublika Harbiy prokuraturasi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasida qabul qilingan farmon va qarorlari ijrosi yuzasidan amaliy tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, harbiy shaharchalarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning biri bo‘lgan xotin-qizlarning bandligini oshirish maqsadida Andijon harbiy prokuraturasi tomonidan Andijon viloyati harbiy-ma’muriy sektori hamda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi bilan hamkorlikda Andijon garnizonidagi 20-sonli yopiq harbiy shaharcha hududida “Al-Hakim” MChJ tarkibida tikuvchilik sexi tashkil etildi.

Mazkur tikuvchilik sexida 150 kishilik ish o‘rni yaratilib, mahalliy aholi bilan birgalikda Andijon garnizonidagi harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning 31 nafar oila a’zolari doimiy ish bilan ta’minlandi.

Shu bilan birga, hozirda “Al-Hakim” MChJ rahbari I.Uraimov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy davomi sifatida shu hududning o‘zida yana 150 ish o‘rinli sex qurilishi ishlari amalga oshirilmoqda.

Andijon harbiy prokuraturasi tomonidan kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom ettirib boriladi.

Respublika harbiy prokuraturasi matbuot xizmati