Artilleriya estafetasi ishtirokchilarini o‘quvchi yoshlar qo‘llab-quvvatlab turdi

59

Kecha, 19-sentabr kuni Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug artilleriya ofitserlari bilan kompyuterlashtirilgan artilleriya poligonida otish va o‘tni boshqarish bo‘yicha o‘quv yig‘ini bo‘lib o‘tdi.

O‘quv yig‘inida zamonaviy otish va o‘tni boshqarish usullari o‘rganildi.

O‘quv yig‘ini doirasida harbiy qismning muddatli harbiy xizmatchilari o‘rtasida artilleriya estafetasi uyushtirildi. Artilleriya bo‘linmalarida bir-birini almashtiruvchi mutaxassislarni tayyorlash, harbiy xizmat nufuzini oshirish, Vatanga muhabbat asosida qo‘shinlarda zamonaviy an’analarni shakllantirish, harbiy xizmatchilar orasida sog‘lom raqobatni o‘rnatish, jangovar tayyorgarlik tizimini takomillashtirish va qo‘shinlarda yuqori jangovar shaylikni oshirishdek maqsadni o‘z ichiga qamrab olgan estafetada ikkita jamoa o‘zaro bellashdi.

Shu kuni, Nukus shahar xalq ta’limiga qarashli 44-sonli umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari estfeta tomoshabinlari qatorida ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Estafetada ishtirok etgan jamoalarga Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik O.Shoimov tomonidan faxriy yorliq va medallar topshirildi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati